Guruh chatida vazifalar yo'qoladi. Tasko ularni qaytaradi.
"Ertaga qilamiz" deb yozilgan xabar yuzlab xabar ostida ko'milib ketadi — na muddat, na mas'ul. Tasko o'sha Telegram guruhingizni muddatli, mas'uliyatli ishga aylantiradi: kim nima qilyapti — bir qarashda ko'rinadi. Telegramdan chiqmasdan.
Vazifani qaytadan yozib o'tirmaysiz: chatdagi xabarga reply qilib /task yuborasiz yoki vazifani shunchaki gapirib aytasiz — Tasko matnga aylantirib, mas'ul va muddat bilan to'ldirilgan draft qaytaradi.
Tanish manzara emasmi?
Jamoangiz allaqachon Telegramda ishlaydi. Muammo Telegram emas — muammo shundaki, ish va suhbat bir joyda aralashib ketgan.
Yangi dastur o'rganish shart emas
Jamoangiz allaqachon ishlatadigan Telegramda ishlaydi. Onboarding yo'q, ma'lumot ko'chirish yo'q — 3 qadam, tamom.
Botni guruhingizga qo'shing
Tasko botini mavjud Telegram guruhingizga qo'shing — oddiy bot qo'shgandek, bir necha tegishda (~30 soniya). Har bir guruh Tasko Appda a'zolar va jonli vazifa hisobi bilan ko'rinadi.
Aytasiz yoki reply qilasiz — vazifa tayyor
Vazifani gapirib ayting yoki guruhdagi xabarga (matn ham, ovozli ham) reply qilib /task yuboring. Tasko nom, mas'ul va muddat bilan to'ldirilgan draft qaytaradi — siz tekshirib saqlaysiz. Yozib qo'shish ham, Mini App formasi ham joyida.
Tasko eslatib turadi
Eslatmalar shaxsiy Telegram xabari sifatida keladi: o'z vaqtida, oldindan (daqiqa/soat/kun) yoki aniq belgilangan vaqtda. Hech kim, hech narsani unutmaydi.
Chatdagi gap — endi mas'uliyatli ish
Real funksiyalar — olti natijaga jamlandi. Har biri og'riqning bir bo'lagini yopadi.
Vazifani yozmaysiz — aytasiz
Mikrofonni bosib, vazifani odatdagidek gapirib bering: "Juma 16:00 gacha hisobotni Ali tekshirsin". Tasko nutqni matnga aylantirib, nom, muddat, mas'ul va eslatmani o'zi to'ldiradi. Yo'lda ketayotib ham vazifa qo'shasiz.
Chatdagi xabarning o'zi vazifaga aylanadi
Guruhdagi topshiriqni qayta yozib o'tirmang: xabarga reply qiling va /task yuboring. Matn ham, ovozli xabar ham bo'ladi — bot audioni matnga aylantiradi va tekshiriladigan draft qaytaradi.
Har bir vazifaning egasi bor
Vazifani odamga biriktiring, muddat qo'ying, holatini kuzating (yangi → bajarilmoqda → bajarildi). Kim, nimani, qachongacha — har doim aniq. Hisobot paytida o'ylab o'tirmaysiz.
Hech kim, hech narsani unutmaydi
Bir vazifaga bir nechta eslatma qo'ying — o'z vaqtida, oldindan yoki aniq vaqtda. Hammasi shaxsiy Telegram xabari bilan yetkaziladi. Takrorlanuvchi ishlar avtomatik qayta ochiladi.Team+
Maxfiy 1:1 ishlar — faqat siz va xodim
Shaxsiy "direct" vazifalar guruhda ham, chatda ham ko'rinmaydi — faqat topshiruvchi va bajaruvchi ko'radi. Egasi nazoratini o'zingiz sozlaysiz.
Ko'ring va isbotlang
Kim qancha vazifani o'z vaqtida yopdi, qayerda tiqilinch bor — analitika va statistikada ko'rinadi. Har bir o'zgarish audit jurnalida saqlanadi.Team+
Fayl biriktirish
Vazifaga hujjat va rasm biriktiring.Starter+
Havola orqali ulashing
Botni hali ishlatmagan odamga vazifani havola orqali yuboring — bir bosishda ochiladi.
Bir nechta workspace
O'z workspace'ingizga ega bo'ling va boshqalarnikiga a'zo bo'ling. Rollar bilan.
Ma'lumot eksporti
Ma'lumotingiz sizniki — istalgan vaqtda eksport qiling. Och/to'q rejim.
Risksiz boshlang
O'zbekistondagi jamoalar uchun qurilgan — tez, yengil va ishonchli.
Karta ma'lumotini so'ramaymiz. Bepul reja umrbod bepul.
Har bir yangi workspace Team rejasini to'liq sinab ko'radi.
Kirish rollar bilan cheklangan. Maxfiy vazifalar shaxsiy qoladi.
Yangi ilova, yangi parol yoki ko'chirish yo'q.
Ichki yordam markazi: muammoni rasm bilan yuboring.
Jamoangizga mos reja
Barcha narxlar so'm / oyiga. Yangi workspace'lar 15 kun Team trial · Kartasiz.
- 5 ta faol foydalanuvchi
- 1 ta guruh
- 50 ta ochiq vazifa
- Vazifaga 1 ta eslatma
- 10 ta foydalanuvchi
- 2 ta guruh
- 500 ta vazifa
- Vazifaga 3 ta eslatma
- Fayl biriktirish + audit jurnali
- 30 ta foydalanuvchi
- 5 ta guruh
- 3 000 ta vazifa
- Vazifaga 5 ta eslatma
- Takrorlanuvchi vazifalar
- Analitika + audit + fayllar
- 100 ta foydalanuvchi
- 25 ta guruh
- 20 000 ta vazifa
- Vazifaga 8 ta eslatma
- Barcha imkoniyatlar
Istalgan paytda rejani yuqori yoki past darajaga o'zgartirasiz. Ma'lumotingizni esa eksport qilib olib qolasiz — nazorat sizda.
Savollaringiz bormi?
Jamoam yangi dastur o'rganishni xohlamaydi. Tasko qiyinmi?
Vazifani yozmasdan, aytib qo'shsa bo'ladimi?
Guruhdagi xabarni vazifaga aylantirish qanday ishlaydi?
/task yuboring — matn ham, ovozli xabar ham bo'ladi. Bot to'ldirilgan draft qaytaradi, formada tekshirib saqlaysiz. Bot bilan shaxsiy chatda esa vazifani aytsangiz, yozsangiz yoki boshqa chatdan xabarni forward qilsangiz ham xuddi shunday draft tayyorlanadi.Bepulmi? Karta kerakmi?
Maxfiy topshiriqlarni butun guruh ko'rib qolmaydimi?
Eslatmalar qanday keladi?
Vazifani botni ishlatmagan odamga yuborsam-chi?
Ma'lumotlarim xavfsizmi? Keyin eksport qila olamanmi?
Interfeys o'zbek tilidami?
Bugun guruhingizni tartibga soling
Telegramdagi gapni mas'uliyatli, muddatli ishga aylantiring — 2 daqiqada.
Telegramda boshlash